
Bugun Eronning Mashhad shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi
O'zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmonov boshchilik qildi.
Delegatsiyalar rahbarlari 2025-yilda Ozarbayjonda bo'lib o'tadigan IHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko'rish masalalarini muhokama qildilar va Tashkilot doirasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashdilar.
Yig'ilish yakunida Mashhad kommyunikesi qabul qilindi.
2025 yil 1-yanvardan IHT raislik bir yil muddatga Erondan Qozog'istonga o'tadi.