Ekologik huquqga oid normalar Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda

18.03.2023 13:02

Bugun hayotimizda chuqur sifat oʻzgarishlari ry beryapti. Tub islohotlar esa jamiyatimizning tamoman yangicha qiyofasini shiddat bilan shakllantirmoqda. Mamlakatimizda mutlaqo yangi davr boshlandi. Bu majoziy oʻxshatish emas, ayni haqiqatdir.

Eʼtirof etish joizki. yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz taraqqiy etgan davlat — Yangi Oʻzbekistonni qurish gʻoyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinishi, turfa va keng jamoatchilikning faol ishtirok etishi tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi boʻlayotganini anglatadi.

Konstitutsiyamizning yangi tahririda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha kompleks choralar belgilanmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki. mamlakatimizda ekologiya. atrof-muhitni muchofaza qilishga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi Ushbu sohani boshqarish va tartibga soluvchi qonunchilik bazasi takomillashtirildi. Butunlay, yangicha ekologik tafakkur, ekologik dunyoqarash shakllanib, aholining bu boradagi madaniyati yuksalmoqda. Zero, bu hayotiy zaruratdir.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlashga bagʻishlangan maxsus normalar xususan har kim qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotga ega boʻlish huquqiga ega ekanligi, davlat tomonidan atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash, Orolbuyi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash yuzasidan choralar koʻrilishi belgilanmoqda.

Ushbu konstitutsiyaviy norma Yangi Oʻzbekistan taraqqiyot strategiyasida belgilangan 2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish, 2030-yilga borib esa qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvati 15 ming Mvt.ga tengboʻlishi evaziga iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini 10 foizga qisqartirish kabi maqsadlarga erishish uchun poydevor boʻladi.

Bu normalar tabiiy zaxiralar qisqarayotgan, global iqlim oʻzgarishi ekologiya va tabiat bilan bogʻlik muammolar insoniyat kelajagiga tahdid solayotgan hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlash va atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi belgilab qoʻyilmoqda.

Atrof-muhit inson salomatligi va hayotiga taʼsir qiluvchi muhim omildir. BMT maʼlumotlariga koʻra, inson salomatligining 20-40 foizi atrof-muhit holatiga bogʻliq. Qulay atrof-muhit esa global muammolar insoniyat kelajagiga tahdid solayotgan hozirgi davrda yanada dolzarb axamiyat kasb etmoqda. Shu bois, koʻpgina rivojlangan davlatlarda ham ushbu muammo keng muhokama etilmoqda hamda ekologiya muxofazasiga oid yangi normalar konstitutsiyalarga kiritilmoqda.

Bunda ekologiyaga yetkazilayotgan zararlarni kamaytirish muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, ayrim shahar va qishloqlarimizda olib borilayotgan qurilishlarning ekologiyaga zarari belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlmoqda. Chunki sunggi yillarda mamlakatimiz ulkan qurilish maydoniga aylandi, Ushbu sharoitda fuqarolarningekologik huquqlarini taʼminlash, qurilishlarning gabiatga zararli taʼsiriga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish choralari koʻriladi.

Mazkur norma jamoatchilik nazoratini kengaytirish orqali yurtdoshlarimiz va kelajak avlod uchun qulay va ekologik toza hududni saqlab qolish, aholining salomatligini ishonchli muxofaza etish uchun qulay atrof-muhitni taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini kuchaytiradi.

Boz ustiga, davlat Orolboʻyi mintaqasi- ning ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar koʻradi.

Darhaqiqat, Orolboʻyi mintaqasida yuzaga kelgan global ekologik muammo mintaqadagi 50 million nafarga yaqin aholining hayot tarziga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Shu bois, Oʻzbekistonda Orol muammosi oqibatlarini bartaraf qilishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Xususan, Orol dengizining qurigan 2,5 million gektardan ortiq maydonida oʻrmonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Orolboʻyidagi murakkab ekologi- vaziyat, aholi genofondini muhofaza qilish, salomatligini yaxshilash, hududda barqaror rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli loyihalar amalga oshirilyapti.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ushbu normaning belgilanishi mintaqa aholisi uchun munosib yashash sharoitlari yaratilishi va turmush darajasinnng jiddiy tarzda yaxshilanishini taʼminlaydi. Barcha kasb egalari, birinchi navbatda ijtimoiy soha vakillari uchun qoʻshimcha imtiyozlar paketi qoʻllaniladi hamda tadbirkorlik tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining atrof-muhitni himoya qilishga yoʻnaltirilgan turli loyihalarda faol qatnashish imkoniyati paydo boʻladi.

Mazkur norma aholi va kelajak avlod uchun qulay va ekologik toza hududni saqlab qolish, Orolboʻyi mintaqasida yashovchi odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirishni taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini yaratadi.

Boriy Alixonov,

Senatning Orolboʻyi mintaqasini

rivojlantirish masalalari va

ekologiya qoʻmitasi raisi

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net