DUBAY AMIRI “TWITTER”DA O?ZBEKCHA IZOX QOLDIRDI

27.03.2019 11:19

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot Ol Maktumning «Twitter» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida o‘z aksini topdi.

shbu o‘rinda, xorijiy ommaviy axborot vositalari mazkur sahifada shayx Ol Maktum Oliy martabali mehmonni o‘zbek tilida xushlaganiga alohida e’tibor qaratildi. Unda quyidagi matn o‘z ifodasini topgan:

“Biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan buyurganidan juda ham mamnunmiz. Ushbu tashrif ikki davlatimiz o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochib beradi (HH Sheikh Mohammed @HHShkMohd)”

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net