Davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi farmoyishi qabul qilindi

19.11.2023 01:43

/"Dunyo" AA/. Prezidentimizning "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi farmoyishi qabul qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda 2023 yil 30 aprel kuni bo'lib o'tgan umumxalq referendumida xalqimiz o'zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi O'zbekiston Konstitutsiyasini qabul qilgani, Bosh qonunimiz davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani qayd etilgan.

 

Ushbu hujjat bilan O'zbekiston Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g'oyalari atrofida fuqarolarni jipslashtirish, "Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish ta'kidlangan.

 

Shu maqsadda O'zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish dasturi hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mitaning  tarkibi tasdiqlandi.

 

Tashkiliy qo'mita dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda nishonlanishini ta'minlashi, barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga bag'ishlangan ma'naviy- ma'rifiy anjumanlar, ochiq muloqot va suhbatlar, badiiy kechalar, festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini samarali o'tkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san'at arboblari, keksa va yosh avlod vakillari, taniqli sportchilarni jalb etgan holda bayram tadbirlarini amalga oshirishi bergilangan.

 

Mazkur hujjatga muvofiq, joylarda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramini bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratilgan:

 

yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va "O'zbekiston - 2030" strategiyasining asosiy ustuvor yo'nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta'lim va mehnat jamoalarida ma'rifiy uchrashuv va suhbatlar o'tkazish;

 

- so'nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma'naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o'rni va rolini yoritish;

 

- "Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o'tilganligini ochib berish;

 

mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta'minlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, sog'liqni saqlash, ilm- fan, madaniyat, san'at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targ'ib qilish;

 

- "Konstitutsiya haftaligi"da umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlarida barcha o'quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini o'tkazish.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net