“DAVLATIMIZ BAYROG?I – FAXRIMIZ, G?URURIMIZ”

18.11.2019 15:05

PEKIN, 18-noyabr. / “Dunyo” AA/. Bugun “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligiga 28 yil to‘ldi.

 

Quyida Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan bildirgan fikr-mulohazalari e’tiboringizga havola qilinadi.

 

Sitora Vadenova, Pekindagi Iqtisodiyot va moliya markaziy universitetining 1-bosqich magistranti:

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlayman.

 

Bundan roppa-rosa 28 yil muqaddam davlatimizning muqaddas ramzi – O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan edi. Shundan buyon yurtimiz bayrog‘i eng oliy sahnalarda, yuqori marralarda, zafarli qo‘llarda mag‘rur va baland hilpiramoqda. Uni hammamiz katta faxr bilan ko‘zlarimizga surtamiz, lablarimizga bosamiz.

 

Davlatimiz bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzigina bo‘lib qolmasdan, shu yurtda tug‘ilib-o‘sgan, Ona yurtimiz mehridan qonib yashayotgan barcha o‘zbekistonliklarning tinchligi va o‘zaro ahilligi timsoliga, qalblarimizni qalblarga yaqinlashtiradigan, dillarimizni dillarga payvand qiladigan vositaga ham aylanib qolgan. Dunyoning qaysi burchagida bo‘lmaylik bayrog‘imiz qadrdon Vatanimizni yodga soladi, ona yurtimiz nafasi ufurib turadi.

 

Mamlakatiimizdagi tinchlik va osudalik hech qachon bizlarni tark etmasin, bayrog‘imiz baland-balandlarda O‘zbekiston deb atalmish jannatmonand yurtimizning sha’nidan va shonu shavkatidan darak berib hilpirayversin!

 

Rasulbek Yusupov, Xitoydagi Xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetining 2-bosqich magistranti:

 

Davlat ramzlari hamisha muqaddas sanalgan. Chunki ular har bir xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etadigan Vatanning yorqin timsoli hisoblanadi. Ular orasida davlat bayrog‘i alohida o‘rin tutadi. Vatanimiz bayrog‘i ham xalqimiz milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassam etgan, mustaqilligimiz, tinchlik va barqarorligimizning timsolidir.

 

Mana, jonajon mamlakatimiz davlat bayrog‘i Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohi maydoni uzra yigirma sakkiz yildan buyon hilpirab turibdi. Bu O‘zbekiston Respublikasi deb atalmish ona-Vatanimizning jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi, dunyoda o‘z o‘rni va o‘z ovoziga ega ekanligini anglatadi.

 

O‘zbekiston bayrog‘i yurtimiz mustaqilligi hamda milliy g‘ururimizning timsoli o‘laroq biz yoshlarni yuksak marralar sari ilhomlantiradi.

 

Davlatimiz bayrog‘i – bizning faxrimiz va g‘ururimizdir.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net