Yangiliklar

O?ZBEKISTONNING SAYYOHLIK SALOHIYATINI DUNYOGA TANITISH DAVOM ETMOQDA

O?ZBEKISTONNING SAYYOHLIK SALOHIYATINI DUNYOGA TANITISH DAVOM ETMOQDA

17.04.2019 17:12

Joriy yilning 15-aprel kuni Polshaning poytaxti Varshava shahrida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi hamkorligida Polshadagi vatandoshlarimiz hamda xorijlik mezbonlar ishtirokida O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

O?ZBEKISTON DELEGATSIYASI OSIYO ARABSHUNOSLARI I XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETDI

O?ZBEKISTON DELEGATSIYASI OSIYO ARABSHUNOSLARI I XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETDI

17.04.2019 17:02

Yaqinda Saudiya Arabistonining Riyoz shahrida Osiyo arabshunoslarining I Xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi. Unda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillaridan iborat O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti B.Abduxalimov boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashdi.

TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

17.04.2019 16:33

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 17-aprelga o‘tar kechasi shaharning qurilish obyektlaridan birida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in va gazdan zaharlanish oqibatida kelib chiqishi Surxondaryolik bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolari vafot etdi:

“CHET DAVLATDA OVORAI-SARSON BO?LIB, VATANIMIZNING QADRIGA YETDIK...”

“CHET DAVLATDA OVORAI-SARSON BO?LIB, VATANIMIZNING QADRIGA YETDIK...”

17.04.2019 16:08

Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligini ta’minlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan samarali himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada qilmishiga pushaymon bo‘lgan hamda tinch turmush tarziga qaytgan fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘lgan shaxslar ro‘yxatidan chiqarilib, ularni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

17.04.2019 16:08

2019-yilning 9-aprel kuni O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga mamlakatimiz fuqarosi Xabibullo O‘rinboyev murojaat qilib Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidan bo‘lgan ukasi G‘olibjonning vafot etganini ma’lum qildi hamda uning jasadini vatanga yuborishda yordam so‘radi. Kasallik tufayli olamdan o‘tgan ushbu hamyurtimiz 2018-yilning mart oyidan buyon Primorye o‘lkasida qonuniy ravishda yashagan va ishchi sifatida turli faoliyatlar bilan shug‘ullangan.

FRANSIYA TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI DAVLAT KOTIBI BILAN UCHRASHUV

FRANSIYA TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI DAVLAT KOTIBI BILAN UCHRASHUV

17.04.2019 15:44

2019-yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraisi, Fransiya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

DAVLAT CHEGARASINI DEMARKATSIYA QILISH BO?YICHA O?ZBEKISTON-TOJIKISTON MUZOKARALARIGA DOIR

DAVLAT CHEGARASINI DEMARKATSIYA QILISH BO?YICHA O?ZBEKISTON-TOJIKISTON MUZOKARALARIGA DOIR

17.04.2019 15:43

2019-yilning 11-17-aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi demarkatsiyasining tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

OZARBAYJON BILAN KONSULLIK MASLAHATLASHUVLARI

OZARBAYJON BILAN KONSULLIK MASLAHATLASHUVLARI

17.04.2019 15:42

2019-yilning 12-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida konsullik sohasida birinchi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

BUYUK BRITANIYA TASHQI ISHLAR VAZIRINING O?RINBOSARI BILAN UCHRASHUV

BUYUK BRITANIYA TASHQI ISHLAR VAZIRINING O?RINBOSARI BILAN UCHRASHUV

16.04.2019 15:41

2019-yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.

PREZIDENT DANIYA QIROLICHASINI TABRIKLADI

PREZIDENT DANIYA QIROLICHASINI TABRIKLADI

16.04.2019 15:40

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 aprel kuni Daniya Qirolichasi Margrete Ikkinchini Daniya milliy bayrami – Qirolicha tavalludi kuni bilan muborakbod etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net