TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

17.04.2019 16:33

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 17-aprelga o‘tar kechasi shaharning qurilish obyektlaridan birida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in va gazdan zaharlanish oqibatida kelib chiqishi Surxondaryolik bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolari vafot etdi:

Mengtoshev Shuhrat Uralovich, 22.08.1989-yilda tug‘ilgan;

- Qurbonov Akbarali Saidmurodovich, 23.11.1995-yilda tug‘ilgan;

- Ziyadullayev Ulug‘bek Olimjonovich, 18.11.1998-yilda tug‘ilgan;

- Choriyev Isroil Ravshanovich, 18.10.1996-yilda tug‘ilgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hamyurtlarimiz 15-aprel kuni Yekaterinburg shahri Akademik tumanidagi qurilish obyektlaridan biriga ishga kirish uchun kelishgan.

Ayni paytda vakolatli organlari tomonidan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergov oldi tadbirlari boshlangan.

Bosh konsulxona marhum hamyurtlarimizning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va ma’lum qiladiki, O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bilan hamkorlikda mazkur vaziyat nazoratga olingan hamda vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish masalasi hal qilinmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net