2019-yilning 7-iyun kuni mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasida birinchi sertifikatlangan AQSh savdo missiyasining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilish maqsadida AQSh Savdo vazirligining Yevroosiyo mamlakatlari ofisi direktori Metyu Edvards bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 11-iyun kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning mahalliy va xorijiy OAV vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sloveniya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Branko Rakovetsni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi J.G‘aniyev BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) qarorgohida bosh kotib Z.Pololikashviliga mamlakatimizninig ushbu xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili sifatida ishonch yorlig‘i topshirdi.
2019-yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘z missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristofer Allanni qabul qildi.
Shu kunlarda Hindistonning Gujarat shtati delegatsiyasi mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Namangan shahrida 7-8 iyun kunlari “Doing business with Namangan” xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Namangan viloyati hokimligi va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘zbekistonda tashqi siyosatda, xususan, jahon hamjamiyati bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samara bermoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
f a r m o n i
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i