Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 avgust holatiga chet el investitsiyasi ishtirokida 11 mingdan ziyod korxona ochilgan.
Ular tomonidan amalga oshirilgan umumiy aylanma hajmi — 90,2 trillion so‘m.
Ma’lumot uchun, 2021 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 8754 ta, umumiy aylanmasi 67 trillion so‘m bo‘lgan.