MALAYZIYA KOMPANIYASI O?ZBEKISTONDA BANK PLASTIK VA ID-KARTALAR ISHLAB CHIQARISH SOHASIGA INVESTITSIYA KIRITADI

23.01.2020 10:52

KUALA-LUMPUR, 23 yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov «Percetakan Nasional Malaysia Berhad» (PNMB) kompaniyasining ishlab chiqarish ob'eklarida bo‘lib, kompaniya ijrochi direktori Muhammad Abdulloh bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

PNMB kompaniyasi yuqori sifatli nashriyot-matbaa xizmatlarini ko‘rsatadi. Shuningdek, bank, savdo va transport sohalarida moliyaviy optimallashtirish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaradi. U Yevropa va Janubi-sharqiy Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘z faoliyatini tashkil qilgan.

Uchrashuv doirasida O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda bank plastik va ID-kartalarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Qiymati 20 million dollar bo‘lgan ushbu loyihani ro‘yobga chiqarishda Malayziya kompaniyalarini jalb etish yuzasidan fikr almashildi. 

Tadbir so‘ngida PNMB vakillarining joriy yil mart oyida O‘zbekistonga tashrifini uyushtirishga kelishib olindi. Tashrif chog‘ida loyiha bo‘yicha mamlakatimiz tegishli vazirlik va idoralarida muzokaralar o‘tkazish belgilangan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net