BISHKEK SHAHRIDAGI UCHRASHUV

16.11.2018 10:13


2018-yilning 16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlarining har yil bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar yordamchisi Miroslav Yencha, Bosh kotibning Maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German mintaqa barqarorligi va xavfsizligi uchun ichki va transmilliy tahdidlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net