/“Dunyo” AA/. Bugun bo‘lib o‘tgan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumida 9 iyul kuniga belgilangan muddatidan ilgari Prezidentlik saylovlarida Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy kengashining kecha bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida Shavkat Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga maʼqulladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi uchun Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova nomzodini ko‘rsatmoqchi, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Markaziy saylov komissiyasining kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar reja tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.