Havodan suv hosil qiladigan zamonaviy uskuna Isroilning «Watergen» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
2019-yilning 10-may kuni Toshkent shahrida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston – Xitoy maslahatlashuvlarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Belarus Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.
Sadriddin Suyarov TIV huzuridagi “Dunyo” axborot agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. S.Suyarov ilgari Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi Xalqaro aloqalar departamenti direktori lavozimida ishlagan.
2019-yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xidayxodjayev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirining yordamchisi Lyu Syanfa bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi doirasida Tashqi ishlar vazirligida mazkur idora xodimlari uchun kitob yarmarkasi o‘tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida kitob yarmarkasi tashkil qilindi. “Dunyo” AA muxbiri Anvar Ilyosovning voqea joyidan fotoreportaji e'tiboringizga havola qilinmoqda.
Istanbul shahrida Chamlija masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Prezidenti R.Erdog‘anning taklifiga binoan 21 davlatdan kelgan yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.Qosimov mamlakatimiz delegatsiyasiga boshchilik qildi.
Yurtimizda may oyining ilk kunlarida media-soha vakillari, jurnalist va ijodkorlar ishtirokida turli forumlar, media tadbirlar tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan. Joriy yilda ham 3-may - Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) tomonidan qator mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 2-3-mayda media-kunlar tashkil etilmoqda.