Oʻtgan olti yilda mamlakatimizda iqtisodiyotni jadal rivojlantirish orqali barcha aholi qatlamining turmush darajasini oshirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning turli jabhalarida liberallashtirish, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash borasida tizimli choralar koʻrildi.
Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar kuzatuvchilarining saylovlardagi ishtiroki saylovni demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora oʻtkazishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, xalqaro kuzatuv fuqarolarning saylov huquqlarining amalga oshirilishini taʼminlash, saylov jarayoni amaliyoti boʻyicha ikki tomonlama bilim va axborot almashishga xizmat qilishi bilan bir qatorda mustahkam xalqaro aloqalarni oʻrnatish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Saylov demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri boʻlib, u orqali mamlakatning taraqqiyoti va istiqboli namoyon boʻladi. Bu xalqning oʻz xohish-irodasini bildirishi, fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etishining asosiy shaklidir. Oʻz navbatida, saylovda qatnashish asosida faol fuqarolik pozitsiyasini ilgari surish xalqimizning yuksalib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va elektoral madaniyatini namoyon qiladi.
/“Dunyo” AA/. Bugun Markaziy saylov komissiyasining (MSK) O‘zbekiston Prezidenti saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Kecha Xalq demokratik partiyasi hamda Ekologik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni so‘rab murojaat qildilar va nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yetti yil oldin Oʻzbekiston rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Oʻtgan davr ichida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining barcha sohalarini qamrab olgan koʻplab tub islohotlarni amalga oshirishga muvaffaq boʻldi.
/“Dunyo” AA/. Kecha “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –Liberal-demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) ushbu partiyalar tomonidan O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni so‘rab murojaat etdi va qonunchilikda belgilangan hujjatlarni topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 31 may kuni bo‘lib o‘tgan VIII syezdi delegatlari 9 iyul kuni muddatidan ilgari bo‘ladigan Prezident saylovlarida O‘zLiDeP bilan birgalikda Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining (O‘zLiDeP) XI syezdida amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari saylovlarda Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Bugun o‘tkazilgan Ekologik partiyaning IV qurultoyida partiya yetakchisi Abdushukur Xamzayev 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari saylovlarda O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.