Ushbu korxona faoliyati uch bosqichli loyiha asosida yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi bosqich 2018 yil dekabrda ishga tushirilgan. Xitoy va Turkiyadan 100 dona tikuv dastgohi olib kelib o‘rnatilgan. Yetmishdan ziyod xotin-qiz ish bilan ta’minlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Forish tumanidagi “Mega Invest Industrial” qo‘shma korxonasini borib ko‘rdi.
Jizzax shahrida viloyat faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Inson hayotda turli kutilmagan holatlarga duch kelishi mumkin. Begona mamlakatda esa bunday holatlarga uchrash ehtimoli bir necha barobar ortadi. Rossiya poytaxti Moskva shahrida vaqtincha istiqomat qilayotgan Zuhra Boboqulova ham o‘zi bilmagan va xohlamagan holda farzandi – yetti oylik Iskandarjondan judo bo‘lishiga bir bahya qoldi. Ammo, O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi vakillari bunga yo‘l qo‘ymadi.
Shu kunlarda mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 27 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 29-yanvar kuni O‘zbekistonning Tojikistondagi Elchisi Ergash Shoismatov Dushanbe shahri Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish markazining direktori Xurshed Saidov bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
2019-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Mehmet Sureyya Erni qabul qildi.
2019-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Belarus Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.
2019-yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov TIV hay’ati a’zolarining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Tadbir mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani jalb qilish, yurtimizda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni eksportini oshirish, turistlar oqimini ko‘paytirish va O‘zbekistonning xorijiy diplomatik vakolatxonalariga biriktirilgan mintaqalar iqtisodini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimiz rahbarining topshiriqlarini bajarishga bag‘ishlandi.