BUYUK BRITANIYA TIV DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

01.11.2018 18:05

2018-yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bo‘yicha departamenti direktori o‘rinbosari Rupert Eynli bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, qo‘shma tadbirlar, jumladan turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini Toshkent shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu kengash savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni faollashtirish va aniq natijalar keltirishni maqsad qilgan.

Muzokaralarda Buyuk Britaniya Elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net