Britaniyaning yetakchi sayohlik nashriyoti Qoraqalpog?istonni eksklyuziv turizm yo?nalishlari ro?yxatiga kiritdi

11.01.2023 11:11

/“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning mashhur «Bradt Travel Guides» sayyohlik nashriyoti tomonidan chop etilgan «2023 yil uchun ajoyib sayohatlar»  nomli maʼlumotlar to‘plamida Qoraqalpog‘iston eksklyuziv sayyohlik yo‘nalishi sifatida qayd etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda yozilishicha, 2023 yili butun diqqat-eʼtibor O‘zbekistonga qaratiladi. «Chunki Samarqandda ilk bor YUNVTO Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir O‘zbekiston hududidagi Ipak yo‘li shaharlari va YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlari bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir».

Taʼkidlanganidek, sayohatchilar  orasida Qoraqalpog‘iston bo‘yicha juda kam maʼlumot mavjud. Eksklyuziv turizm yo‘nalishi sifatida ushbu hududni sayyohlar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi tavsiya etilgan. «Mo‘ynoqdagi yangi aeroportdan Toshkentga haftasiga uch marotaba havo qatnovi amalga oshirilishi hamda Nukusga tezyurar poyezdning yo‘lga qo‘yilishi ushbu olis va maftunkor hududga logistik qulaylikni yaratish imkonini berdi», deb yozadi manba.

Mualliflar Qoraqalpog‘iston haqida yozar ekan, O‘zbekistonning ushbu mintaqasida Orol dengizi joylashgani bilan tanilganini taʼkidlashgan. 2020 yildan buyon bu yerda ikkita yangi milliy bog‘ tashkil etildi va yoz fasli  so‘ngida  esa  «Stihia Festival» elektron musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.

«Shuningdek, Dasht Luvri nomi bilan tanilgan - Savisskiy nomidagi g‘aroyib muzeyda dunyoga mashhur avangard kolleksiyasi asarlariga bag‘ishlangan vaqtinchalik ko‘rgazmalar dasturi namoyish etiladi», deb yozadi «Bradt Travel Guides».

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net