BAXSHI-JIROVLARNING SHIRALI OVOZI BARCHAGA ZAVQ ULASHDI

06.04.2019 15:59

Xalqaro baxshichilik festivalida O’zbekistonning barcha dostonchilik maktabi baxshilari, etnografik xalq ansambllari qadimiy dostonlardan eng sara namunalarni muxlislar e'tiboriga havola etdi. Tomoshabinlar do’mbira va boshqa sozlarning noyob ovozi, baxshilarning yuksak mahorati va xalq og’zaki ijodi namunalaridan bahramand bo’ldilar.

Festivalь doirasida Termiz shahrida xorijiy va mahalliy olimlar ishtirokida “Baxshichilik san'atining jahon tsivilizatsiyasida tutgan o’rni” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Unda АQSh, Germaniya, Frantsiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya va Turkiya kabi mamlakatlardan kelgan olimlar o’z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. 

Mehmonlar tadbir kunlari qadimiy vohaning noyob arxeologik yodgorliklari, diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishadi. Dunyoga mashhur Hakim Termiziy, Sulton Saodat, Iso Termiziy majmualari, Fayoztepa, Kampirtepa singari muqaddas qadamjolarni ziyorat qiladi. Joylarda sayillar, xalq og’zaki ijodiga bag’ishlangan sahnalashtirilgan dasturlar namoyish etiladi.

Xalqaro festivalь doirasida bo’lib o’tadigan ko’rik-tanlovda 9 yoshdan 90 yoshgacha bo’lgan baxshi-ijodkorlar ishtirok etadi. 

Tanlov 10 aprelga qadar davom etadi. G’oliblar tashkiliy qo’mita tomonidan diplom, haykalcha va pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Jumladan, oliy mukofot – Gran-pri sohibiga 7 ming, 1-o’ringa (har bir yo’nalish bo’yicha: yakkaxon va jamoa) 5 ming, 2-o’ringa 3,5 ming, 3-o’ringa 2,5 ming АQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi. Ijrochilar “Eng yosh baxshichilik san'ati ishtirokchisi”, “Muxlislar e'tirofiga sazovor bo’lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholg’u ijrochisi” kabi nominatsiyalar bo’yicha ham pul mukofotlari va maxsus diplomlar bilan taqdirlanadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net