AQSH MUVAQQAT ISHLAR VAKILI BILAN UCHRASHUV

03.12.2018 11:48

2018-yilning 3-dekabr kuni TIVda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Muvaqqat ishlar vakili Alan Meltser bilan uchrashdi.

 

Suhbatda Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston – Amerika hamkorligining joriy masalalari, jumladan turli sohalarda qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq qilishning amaliy jihatlari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Zalmay Xalilzodning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi muddati va kun tartibi ham muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net