“AIF”: O?zbekistondagi keng ko?lamli o?zgarishlar Konstitutsiya bilan mustahkamlanadi

10.08.2022 19:21

MOSKVA, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning ommabop «Argumenti i fakti» haftanomasi sahifasida Rossiya hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquq instituti yetakchi ilmiy xodimi, yuridik fanlar nomzodi Sergey Chirkinning O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar mavzusiga bag‘ishlangan maqolasi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«O‘zbekiston — juda qadimiy anʼana va tarixga ega mamlakat. O‘zbek xalqi jahon va Islom sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlarni Konstitutsiyaning puxta ishlab chiqilgan huquqiy normalarida mustahkamlagan holda zamonaviy taraqqiyotning ko‘pgina savollariga javob berish vaqti keldi», deb yozadi ekspert.

Maqolada qayd etilishicha, konstitutsiyaviy islohot 1992 yilgi Konstitutsiyaning bir qator fundamental qoidalariga taʼsir qiladi, o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Asosiy qonunni yangilashda to‘rtta ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi. Konstitutsiyani yangilashning birinchi yo‘nalishi inson huquq va erkinliklari, uning hayoti, shaʼni, qadr-qimmati hamda manfaatlaridan iborat. Ushbu konstitutsiyaviy vazifaning bajarilishi, birinchi navbatda, 1992 yilgi Konstitutsiyaning muqaddimasi tahririda o‘z aksini topadi va qayta ko‘rib chiqilishi har jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Muallif yangilanadigan Konstitutsiya loyihasiga barcha sohalar bo‘yicha kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni keltirar ekan, ularni “ijtimoiy”, deb atadi.

Uning yozishicha, keng ko‘lamli o‘zgarishlar boshlanmoqda. Biroq ularning Konstitutsiyada mustahkamlanishi undan ham muhim bosqichinng boshlanishini, yaʼni ular qonun ijodkorligi faoliyati orqali amalga oshirilishini anglatadi.

«Konstitutsiya muqaddimasida mustahkamlab qo‘yilgan O‘zbekiston tashqi siyosatining tamoyillari: O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan bir-birini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, hamkorlik va hurmat, tinchlik, totuvlik asosidagi ahil, do‘stona munosabatlarini mustahkamlash istagi barcha tashabbuslar muvaffaqiyatining muhim sharti bo‘ladi», deya xulosa qiladi «Argumenti i fakti» gazetasi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net