“Adolat” partiyasi muddatidan ilgari O?zbekiston Prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun o?z nomzodini tasdiqladi

29.05.2023 10:23

/“Dunyo” AA/. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining bugun bo‘lib o‘tgan XI qurultoyida Oliy sud raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari saylovlarda O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida  tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni “Adolat” partiyasi Prezidentlikka nomzod sifatida Robaxon Mahmudovani ko‘rsatgan edi. Shundan so‘ng partiya saylovda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni taqdim etib, ruxsat oldi.

Qurultoy davomida partiya nomzodining dasturi ham tasdiqlandi.

Nomzod o‘z saylovoldi dasturida davlatning sotsial-demokratik modelini taklif qildi. Dasturda, xususan, inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari davlat hamda jamiyatning oliy qadriyati ekanligi alohida taʼkidlangan. Shuningdek, nomzod ushbu yo‘nalishda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Ijtimoiy davlat – 2030» dasturini ishlab chiqish, «Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilishni ham rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z yetakchisi Ulug‘bek Inoyatovni O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi va uning dasturini maʼqulladi.

 

 “Adolat” SDP veb-saytidan  olingan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net