ABDULAZIZ KAMILOV AQSH ELCHISINI QABUL QILDI

24.05.2019 13:34

2019-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Daniel Rosenblumni qabul qildi.

 

 

Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni шдшй qutladi va mas’uliyatli vazifasini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi hamda oliy va yuqori darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar ham muhokama qilindi.

 Zafar Yuldashkulov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net