80 YOSHLI YURTDOSHIMIZGA ROSSIYADAN O?ZBEKISTONGA QAYTISHIGA KO?MAK KO?RSATILDI

05.03.2019 16:43

Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Sibir Federal okrugi hududida adashib yo‘qolib qolgan 80 yoshli yurtdoshimizni O‘zbekistonga qaytishiga amaliy ko‘mak berdi.

Simonyans Nelya Kodirovna 1939-yilda Andijon viloyatida tavallud topgan. U bir necha yillar avval o‘z boquvchisini yo‘qotib qo‘ygan. Shu o‘rinda onaxon o‘z xotirasini ham qisman yo‘qotgan bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi huquq tartibоt idoralari xodimlari tomonidan topilib, vaqtincha saqlash uchun Novosibirskdagi kasalxonaga yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.

 Onaxonning so‘zlariga ko‘ra, u bundan bir necha yillar avval nevarasi bilan birgalikda Rossiyaga kelgan va uni yo‘qotib qo‘ygan. Lekin hali-hamon u o‘z nevarasini topa olmagan.

 - Men O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sdim. Otam o‘zbek. Butun umr Andijon viloyatining Asaka shahrida halol mehnat qildim. Keksayib qolgan vaqtimda nevaram meni shu yerlarga olib keldi. Lekin men uni yo‘qotib qo‘ydim. Qanday topishni bilmadim. Negadir hech nimani eslolmayapman. Men o‘z vatanim, O‘zbekistonni sog‘indim”, - deydi N.Simnoyans.

 Ta’kidlash joizki, N.Simonyansning o‘z manziliga yetib borishini ta’minlash masalalari Bosh konsullik va Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida amalga oshirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net