54 nafar OAV vakillari O?zbekiston Prezidenti saylovlari jarayonini yoritish uchun MSKdan akkreditatsiyadan o?tdi

29.05.2023 10:20

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining muddatidan  ilgari  Prezident saylovlariga tayyorgarlik  ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Majlisni  MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev  olib bordi.

MSK maʼlumotiga ko‘ra, majlisda Ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

MSKga kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib, 6 ta mahalliy OAVning 54 nafar vakili akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

OAV vakillarining vakolat muddati unga akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan kundan boshlanishi va saylov yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugashi, MSK tomonidan tasdiqlangan kalendar rejaga muvofiq  OAV 20 maydan boshlab, saylovga kechi bilan o‘n kun qolgunga qadar MSKga o‘z vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

MSKga turli OAVlaridan akkreditatsiyadan o‘tkazish haqidagi murojaatlar kelib tushishi davom etmoqda. Mazkur murojaatlar Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati tomonidan batafsil o‘rganib chiqilmoqda. Taqdim etilgan hujjatlarda ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlanmasa, hujjatlar belgilangan tartibda to‘liq taqdim etilgan bo‘lsa MSK tomonidan qaror bilan akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net