25 oktyabrdan 1 dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilinadi

11.10.2023 17:32

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Ushbu loyiha boshlanganidan o‘tgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.

Joriy yilda, 25 oktyabrdan 1 dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilinadi, uning doirasida 85 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.

Bunda barcha darajadagi rahbarlar, vazirlar, hokimlar, mahalla faollari, jamoat arboblari, nuroniylar, san’atkor va sportchilar, mashhur blogerlar o‘rnak ko‘rsatishlari muhimligi ta’kidlandi.

Buning uchun Respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqshunoslik, O‘rmonchilik institutlari, o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari ham shtabga a’zo bo‘ladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon, qaysi ko‘chat turini qancha ekishni belgilab beradi.

 

O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net