
Dunyoning 20 mamlakatidan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi katta muvaffaqiyatga erishdi.
O‘zbek yoshlari 2 ta oltin, 5 ta kumush, 12 ta bronza – jami 19 medalni qo‘lga kiritdi.

Xususan, matematika fanidan “Artel Technical School” nodavlat ta’lim muassasasining 11-sinf o‘quvchisi Asadbek Boboqulov hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Elbek Zohidjonov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yilgi 20-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida jami 14 ta medalga sazovor bo‘lgan edi.