2023-2025 yillar uchun O?zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

04.01.2023 10:21

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining «2023-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Norma” huquqiy portali maʼlumotiga ko‘ra, qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar tomonidan 2023-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.

 Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

-2023 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari hamda 2024-2025 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar;

-2023 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlarning asosiy parametrlari;

-2023 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini ishga tushirish va yangi quvvatlar yaratishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda 2024-2025 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar;

-2023 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar;

-2023 yilda maʼmuriy, muhandislik-infratuzilma, alohida muhim va toifalangan obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat;

-2023 yilda huquqni muhofaza qilish va mudofaa obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat va boshqalar.

Qarorga ko‘ra, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarining manzilli ro‘yxatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.

2023 yildan boshlab Dastur doirasida mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan loyihalarning (obyektlarning) manzilli ro‘yxatlari hududiy iqtisodiyot va moliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

O‘rnatilgan tartibga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy hokimliklar, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalariga:

-loyihalarni (obyektlarni) moliyaviy resurslar bilan taʼminlash imkoniyatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishmasdan Dasturga kiritish;

-shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishmasdan Dasturga kiritilgan loyihalarning (obyektlarning) loyihaviy yechimlarini o‘zgartirish to‘g‘risida taklif tayyorlash taʼqiqlanadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net