2018-YILDA O?ZBEKISTON TASHQI ISHLAR VAZIRLIGINING KONSULLIK FAOLIYATI NATIJALARI

17.01.2019 11:23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 5-aprel kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Konsullik boshqarmasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti (KHD) sifatida shakllantirildi. Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish, yangi konsullik muassasalarini ochish

TIV Konsullik-huquqiy departamenti va chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan yil davomida 414 361 ta konsullik harakatlari amalga oshirilgan bo‘lib, ular chet el fuqarolarining O‘zbekistonga kirishlari uchun viza berish, biometrik pasportni almashish/berish, vataniga qaytish guvohnomasini berishi, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish, notarial va boshqa harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq.

 KHDga viza olish bo‘yicha 115 523 ta (2017-yilda - 108 502), apostil qo‘yish bo‘yicha 17301 ta (2017-yilda - 11.480), legalizatsiya bo‘yicha 8 109 ta (2017 - 7 794) murojaat kelib tushgan.

 Amalga oshirilgan konsullik amallari hajmi bo‘yicha O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi (70.412), Rossiyadagi elchixonasi (30.611), Olma-ota shahridagi Bosh konsulxona (26.137), Mozori Sharif shahridagi Konsulxona (19.896), O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi (19.378) yetakchilik qiladi.

 O‘zbekistonga qaytish uchun jami 36.798 ta (2017-yil – 32.733) guvohnoma rasmiylashtirildi.

 Pasport almashtirish bo‘yicha 5240 ta hujjat (2017-yil – 5,934) rasmiylashtirildi.

 Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobus yonishi (52 nafar qurbonlar va 2 nafar jabrlanganlar) natijasida jabrlanganlarga yordam berish va halok bo‘lganlar tanasini O‘zbekistonga qaytarish, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan boshqa hollar bo‘yicha ishlar olib borildi.

 O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga o‘z vaqtida konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida Rossiya Federatsiyasi hududida (Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don) va Qozog‘iston Respublikasida (Olma-ota va Aqtau) va Xitoy Xalq Respublikasida (Guanjou) bosh konsulxonalar ochish bo‘yicha ishlar olib borildi.

 O‘sh shaharida (Qirg‘iziston) O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochish masalasi o‘rganilmoqda.

 Chet el fuqarolariga vizalar berish

 307 194 nafar chet el fuqarolariga vizalar berildi, jumladan 24 426 tasi elektron viza tizimi orqali rasmiylashtirilgan.

 Chet el fuqarolarining respublikaga kirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2018-yil 10-fevraldan e’tiboran 7 mamlakat - Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etildi, shuningdek, 39 mamlakat fuqarolari uchun turistik vizalarni olish tartibi soddalashtirildi.

 19-mart kuni Tojikiston bilan 30 kungacha vizasiz tartib kuchga kirdi.

 O‘zbekiston Prezidenti Farmoniga bilan 5-oktabridan Fransiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etildi.

 Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar

 O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga muvofiq 16-17-may kunlari XXRda konsullik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

 Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturlariga muvofiq Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston TIV tegishli bo‘linmalari bilan konsullik maslahatlashuvlari o‘tkazildi.

 O‘zbekiston TIV delegatsiyasi 21-iyun kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan MDH ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari rahbarlarining Maslahatlashuv kengashining XXV yig‘ilishi ishida ishtirok etdi.

 Qonunchilik faoliyati

 Departament tomonidan ishlab chiqilgan Konsullik nizomi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan ma’qullandi, hozirgi vaqtda ushbu hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.

 Xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekistonga kirish vizasi bilan bog‘liq qulay sharoitlar yaratish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kirish vizalarining yangi turlarini joriy etish masalasini ishlab chiqildi. Hozirgi vaqtda “Vatandoshlar va ularning oila a’zolariga ko‘p martalik kirish vizalari va vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari va konsullik-huquqiy sohadagi boshqa me’yoriy hujjatlar ko‘rib chiqilmoqda

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net