14-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo?lib o?tadi

29.10.2022 16:13

“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) vazirning birinchi o‘rinbosari Nozim Xolmurodov boshchiligida 14-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish va 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan ichki bozorda talabga ega mahsulotlar ishlab chiqarish dasturini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

ITSV maʼlmotiga ko‘ra, uchrashuv  chog‘ida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 martdagi «2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 134-sonli qaroriga muvofiq sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, kichik biznes subektlarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarini sotish uchun bozorlarni shakllantirish maqsadlarida joriy yilda mamlakatimizning 13 ta hududida tarmoqlararo sanoat yarmarkalari o‘tkazilgani taʼkidlandi. Mazkur yarmarkalarda 4,4 trillion so‘mlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 7 ming 700 dan ortiq shartnoma tuzildi. Shundan, hududiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tuzilgan shartnomalar 935,3 milliard so‘mni, tarmoq korxonalari tomonidan tuzilgan shartnomalar 3,4 tirillion so‘mni tashkil etdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahrida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari ham muhokama qilindi. Keng turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishni nazarda tutgan holda tadbirning yuqori natijadorligini taʼminlash uchun uni tashkil etishda nostandart yondashuv va formatlardan foydalanish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net