11-DEKABR KUNI NIDERLANDIYADA O?ZBEKISTON AGRAR SEKTORI SALOHIYATIGA BAG?ISHLANGAN SEMINAR BO?LIB O?TADI

10.11.2018 13:19

2018-yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Beniluks davlatlaridagi Elchixonasida Niderlandiya Qishloq xo‘jaligi, tabiatni asrash va oziq-ovqat sifati vazirligi bilan birgalikda Almer shahrida mamlakatimizning agrar oziq-ovqat sektori imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etiladi.

Seminar maqsadi agrar oziq-ovqat sektorida ishlayotgan ishtirokchilarga O‘zbekistondagi voqealar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berish. Bundan tashqari Qishloq xo‘jaligi, tabiatni asrash va oziq-ovqat sifati vazirligi rejalari, Gollandiya qishloq xojaligi savdo missiyasini 2019-yil martda Toshkent shahriga jo‘natish va O‘zbekiston poytaxtidagi eng muhim qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida Gollandiya pavilionini 2019-yil iyunda tashkil etish to‘g‘risida seminar ishtirokchilari xabardor qilinadi.

Seminar dasturi bilan tanishish uchun shu lavhani bosing.

Ro‘yxatdan o‘tish bepul.

O‘zbekistonga doir mazkur agro oziq-ovqat seminarida qatnashish uchun pem@phaff.com elektron manziliga o‘z ismingiz va kompaniya nomini ko‘rsatib xat jo‘natishingizni so‘raymiz. Agar sizda qandaydir savollar bo‘lsa Niderlandiyaning “Phaff Export Marketing” firmasi bilan yoki Niderlandiyaning Moskva shahridagi Elchixonasining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan mos-lnv@minbuza.nl elektron manzili yoki +7 (495) 7972917 telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.

O‘zbekiston Elchixonasining ishonishicha, mazkur seminarda ishtirok etish nafaqat qishloq xo‘jaligi, tashqi savdo vazirliklari, mamlakatimiz mintaqalari rahbarlari, qolaversa agrobiznes vakillariga ham foydali bo‘ladi.

Seminar jahonda go‘sht-sut mahsulotlarini yetishtirishda lokomotiv hisoblanadigan Niderlandiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan aloqa o‘rnatish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotini chiqarish uchun mo‘ljallangan hom ashyoni qayta ishlashda qo‘llanayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishish imkonini beradi.

O‘zbekistonning Brusseldagi Elcixonasi mas’ul xodimi: Baxtiyor To‘rayev, telefon +32-484-48-32-72, eumission@uzbekistan.be  va belg@uzbekistan.be elektron manzillari.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net