Konsullik xizmatlari

Malayziyaga tashrif buyurayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi turistlar oqimini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida “Uzbekistan Airways”, Malayziyaning “Batik Air” va “Air Asia” aviakompaniyalari tomonidan haftasiga 8 marotaba aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda. Malayziyaga kirish uchun O‘zbekiston fuqarolariga 30 kungacha viza talab qilinmaydi.

Malayziyaning migratsiya qonunchiligiga muvofiq, mamlakatga tashrif buyuruvchi O‘zbekiston fuqarolari quyidagi talablarga joriy etilgan:

-Xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati kamida 6 oy bo‘lishi kerak;

-Malayziyaga kelgan sanadan boshlab 30 kun ichida amal qiladigan, qaytish yoki uchinchi davlatga parvoz chiptasining ingliz tilidagi chop etilgan nusxasini taqdim etish;

-Mehmonxona (yotoqxona) band qilinganligini tasdiqlovchi hujjatning ingliz tilidagi chop etilgan nusxasini taqdim etish;

-Malayziyada qolish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lish;

-Agar kirib kelayotgan shaxslar ingliz tilida gaplasha olmasalar, tashrif maqsadlari haqidagi maʼlumotni oldindan ingliz tilida qog‘ozga yozib yoki telefonlarida saqlab qo‘yishlari kerak;

-Malayziyaga kelishdan uch kun oldin https://imigresen-online.imi.gov.my/mdac/main veb-saytida onlayn raqamli kelish kartasini (Malaysia Digital Arrival Card) to‘ldirish va mamlakatga kirishda pasport nazorati punktlarida ushbu chop etilgan kartani taqdim etish.

Yuqorida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, Malayziya Chegara nazorati va himoyasi agentligi vakillari chegara punktlarida (Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti va boshqalar) xorijiy fuqarolarga, jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga ham mamlakatga kirishni rad etish huquqiga ega.

Shulardan kelib chiqib, O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi Elchixonasi Malayziyaga safar qilishni rejalashtirayotgan yurtdoshlarimizni yuqorida ko‘rsatilgan talablarni inobatga olishga va ularga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasiga murojaat qilishingiz mumkin:

Тел.: +603-4253-3406, +603-4253-2406.

Veb-sayt: https://uzbekembassy.com.my/

Facebook: https://www.facebook.com/uzembassymalaysia

Instagram: https://www.instagram.com/uzembassymalaysia/

 

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun interaktiv konsullik xizmatlari portali: consulate.mfa.uz 

Вниманию граждан Республики Узбекистан, направляющихся в Малайзию

В настоящее время между Узбекистаном и Малайзией выполняются авиарейсы 8 раз в неделю авиакомпаниями «Uzbekistan Airways», «Batik Air» и «Air Asia». В связи с этим наблюдается увеличение числа наших граждан, посещающих Малайзию с различными целями. Гражданам Узбекистана для въезда в Малайзию на срок до 30 дней виза не требуется.

В соответствии с миграционным законодательством Малайзии, граждане Узбекистана, посещающие страну, должны соответствовать следующим требованиям:

- срок действия паспорта для выезда за границу должен составлять не менее 6 месяцев;

- в течение 30 дней с даты прибытия в Малайзию предоставить распечатанный авиабилет на английском языке на обратный рейс или рейс в третью страну;

- предоставить распечатанный документ о бронировании отеля (общежития) на английском языке;

- иметь достаточные средства для пребывания в Малайзии;

- если въезжающие не говорят по-английски, им необходимо заранее подготовить информацию о цели визита на английском языке на бумаге или сохранить ее на телефоне;

- заполнить онлайн-цифровую карту прибытия (Malaysia Digital Arrival Card) на сайте https://imigresen-online.imi.gov.my/mdac/main за три дня до прибытия в Малайзию и предъявить эту распечатанную карту на пунктах паспортного контроля при въезде в страну.

В случае несоблюдения вышеуказанных требований представители Малазийского агентства по контролю и защите границ имеют право отказать во въезде иностранным гражданам, включая граждан Узбекистана, на пограничных пунктах (Международный аэропорт Куала-Лумпура и другие).

Исходя из вышеизложенного, Посольство Узбекистана в Куала-Лумпуре настоятельно призывает соотечественников, планирующих поездку в Малайзию, учитывать вышеуказанные требования и строго их соблюдать.

За дополнительной информацией можно обратиться в Посольство Узбекистана в Куала-Лумпуре:

Тел.: +603-4253-3406, +603-4253-2406.

Веб-сайт: https://uzbekembassy.com.my/

Facebook: https://www.facebook.com/uzembassymalaysia

Instagram: https://www.instagram.com/uzembassymalaysia/

 

Портал интерактивных консульских услуг для граждан Республики Узбекистан: consulate.mfa.uz 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net