O?ZBEKISTON VA TURKIYA UNIVERSITETLARI O?RTASIDA HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

31.10.2019 11:11

ANKARA, 31 oktabr. /“Dunyo” AA/.

Farg‘ona davlat universitet delegatsiyasi Turkiyaning Karabyuk shahrida bo‘lib, oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Universitet rektori, professor Ravshan Maqsudov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Karabyuk universiteti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Turkiya oliy ta’lim muassasasining infratuzilmasi, kutubxonasi, fakultetlari va ilmiy laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi.

 

Muzokaralar natijasida Farg‘ona davlat universiteti va Karabyuk universiteti o‘rtasida tajriba, o‘qituvchi va talaba almashinuvi yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar tashkil etishni nazarda tutuvchi hujjat imzolandi.

 

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, Karabyuk universitetida dars berayotgan va ta’lim olayotgan O‘zbekiston vakillari bilan uchrashdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net