O?ZBEKISTONDAGI SAYLOVLAR HIND EKSPERTLARI NIGOHIDA

12.11.2019 17:31

DEHLI, 12 Noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda joriy yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik jarayonini xorijiy davlatlarda katta qiziqish bilan kuzatishmoqda. Ushbu muhim voqeaga bag‘ishlangan tadbir Dehli shahridagi yirik o‘quv muassasalaridan biri hisoblangan Javaharlal Neru universitetida tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va mamlaktimizning Dehlidagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur “davra suhbati”da Javaharlal Neru universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo yo‘nalishida tadqiqot olib boruvchi olimlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

 

Suhbat avvalida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari tomonidan O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishlarda hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining amaliy ijrosi haqida axborot berildi. O‘z navbatida joriy yil dekabr oyida bo‘lib o‘tajak parlament sayloviga tayyorgarlik xususida so‘z yuritildi.

 

“Davra suhbati”da so‘zga chiqqan Javaharlal Neru universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari, professor P.Badan o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda saylov tizimi va qonunchiligi, mamlakatdagi siyosiy partiyalar roli, joriy yilda o‘tkaziladigan saylovning avvalgilaridan farqi haqida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Universitet professori S.Pandey ishtirokchilarga parlament tizimi, parlamentarizm tarixi, mamlakatdagi demokratik jarayonlarda parlament roli haqida so‘z yuritdi.

 

Shuningdek, universitet huzuridagi Siyosiy tadqiqotlar markazi tahlilchisi S.Sutxav o‘z ma’ruzasida Hindiston va O‘zbekistondagi parlament tizimining o‘ziga hos jihatlarining qiyosiy tahlilini taqdim etdi. Bu borada har ikki tomon o‘zaro almashishi mumkin bo‘lgan ijobiy tajribalar xususida takliflar bildirdi.

 

Tadbirda O‘zbekistondagi bugungi taraqqiyot jarayonlari, mamlakatimizning iqtisodiy va turizm salohiyati haqida hikoya qiluvchi taqdimot filmlari namoyish etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net