
Ma'lum qilinganidek, shu yil 7-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida 2025-2027-yillarga mo'ljallangan BMT Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (ECOSOS) a'zolari saylovi bo'lib o'tdi.
"Yashirin ovoz berish natijalariga ko'ra, O'zbekiston BMTga a'zo davlatlarning 185 ovozini to'pladi va o'z tarixida birinchi marta ECOSOSga uch yil muddatga saylandi", — deyiladi maqolada.
Materialda O'zbekistoning BMTning ushbu muhim organiga saylangani Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakat hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqaro hamjamiyat va BMTga a'zo davlatlar tomonidan keng e'tirof etilganidan dalolat ekanligi urg'ulangan.