Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan qoʻshma aksilterror oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda maʼqullangan
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan qoʻshma aksilterror oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Bitim (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2018-yil 18-dekabr
№OʻRQ–504