Malayziya aviakompaniyasi Kuala-Lumpur – Toshkent yo'nalishi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri birinchi havo qatnovini amalga oshirdi

15.12.2023 07:31

/"Dunyo" AA/. Malayziyaning «Batik Air» aviakompaniyasi bugun «Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur» yo'nalishi bo'yicha muntazam havo qatnovlarini yo'lga qo'ydi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Malayziya aviakompaniyasining ilk parvozi Kuala-Lumpur shahridan respublika poytaxtiga mahalliy vaqt bilan soat 13:10 da uchib ketdi (Toshkent vaqti bilan soat 10:10 da).

Parvozlar «Boeing 737 max 8» rusumli samolyotda haftasiga 1 marta, juma kunlari amalga oshiriladi. Keyinchalik parvozlarni «Airbus A330» rusumli keng fyuzelyajli samolyotda amalga oshirish va ularning sonini ko'paytirish ko'zda tutilgan.

Malayziyaning yetakchi aviatashuvchilarining respublikamizga parvozlarini tashkil etish, ziyorat turizmi salohiyatini keng targ'ib qilish va malayziya lik sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida O'zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko'magida respublika fuqaro aviatsiyasi ma'muriyati va «Batik Air» kompaniyasi rahbariyati o'rtasida bir qator muzokara va maslahatlashuvlar o'tkazilgan edi.

Bugungi kunda Toshkent va Kuala-Lumpur o'rtasidagi parvozlar «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 3 marta amalga oshirilmoqda.

«Batik Air» (Malindo Airways Sdn Bhd) 2012-yilda Malayziya va Indoneziya o'rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Petalingjayada joylashgan. Hozir kunda ushbu kompaniya Osiyo qit'asining 50 dan ortiq yo'nalishiga, jumladan Avstraliya, Bangladesh, Janubiy Koreya, Indoneziya, Pokiston, Singapur, Tailand, Xitoy, Yaponiya, Hindistonga havo qatnovlarini yo'lga qo'ygan.

«Batik Air» kompaniyasi tomonidan muntazam aviaqatnovlarning yo'lga qo'yilishi, shubhasiz respublikamizga Malayziya va Indoneziyaning shimoliy mintaqalaridan sayyohlar oqimining ko'payishiga hissa qo'shadi.

61nb318d4y6jj64h

Malayziya transport vaziri Lok Syu Fuk:

- Malayziya va O'zbekiston o'rtasida mustahkam tarixiy rishtalar va o'xshash qadriyatlar asosida transport va turizm sohalaridagi hamkorlik jadal rivojlanib kelmoqda.

Bu yo'nalishda davlatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda «Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Pandemiya davridagi qisqa uzilishdan so'ng, 2022-yil noyabr oyidan boshlab O'zbekistonning yirik aviatashuvchisi Kuala-Lumpur va Toshkent o'rtasida haftasiga uch marta qulay muntazam to'g'ridan-to'g'ri reyslarni tikladi.

Bugun mamlakatlarimiz o'rtasida qo'shimcha ko'prik vazifasini bajaruvchi yana bir aviatashuvchi – «Batik Air Malaysia» yangi reyslarni yo'lga qo'yganini e'lon qilishdan mamnunman. O'zaro bog'liqlikni ta'minlash va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi o'zbekistonlik hamkorlarimiz va «Batik Air Malaysia» aviakompaniyasining faol sa'y-harakatlarini yuqori baholayman.

Shubhasiz, yangi parvozlar ulkan salohiyatga ega. Kuala-Lumpur Janubi-Sharqiy Osiyo uchun asosiy havo transporti xabi bo'lib xizmat qilsa, Toshkent esa – Markaziy Osiyoda xuddi shunday ahamiyatga ega. Yangi parvozlar biznes hamjamiyati va oddiy aholi uchun qo'shimcha imkoniyatlar eshigini ochib, Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo o'rtasida aloqalarni yana-da jadallashtirishga katta turtki bo'ladi.

Parvozlar nafaqat sayyohlar sonini ko'paytirishga, balki ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni va xalq diplomatiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, turizm va mehmondo'stlik sanoatida imkoniyatlar kengayishi, yuk tashish xizmatlari rivojlanishi va ta'minot zanjiri bo'ylab ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda.

Fursatdan foydalanib, malayziyaliklarni O'zbekistonga borishga, o'zbekistonlik do'stlarimizni esa Malayziyaning rang-barang va mehmondo'st madaniyati bilan tanishishga chaqiraman.

87rtj97a94h98746ag

Malayziyaning Terengganu universiteti rektori Mazlan Abd Gaffar:

- Men bugun universitetimiz delegatsiyasi bilan O'zbekistonga ilk bor tashrif buyuryapman. Poytaxtlarimiz o'rtasida yangi parvozlar, albatta ikki mamlakat o'rtasidagi sayyohlar sonini oshirishga xizmat qiladi. So'nggi yillarda ta'lim turizmi doirasida malayziyalik professor-o'qituvchi va talabalarning O'zbekistonga qiziqishi ortib borayotgani hamda o'zbekistonlik akademik doiralarning Malayziyaga tashrifi jadallashayotganini kuzatishimiz mumkin. Bu almashinuvlar soni yaqin kelajakda keskin oshishiga aminman.

Biz oldimizga katta maqsadlarni qo'yganmiz. Safarimiz davomida O'zbekistonning oltita universiteti bilan Hamkorlik memorandumlarini imzolaymiz, Toshkent shahrida ingliz tilini o'qitish markazi va STEM fanlari markazini ta'sis etishni ko'zlayapmiz.

j646n1a1t6j43g6h

Malayziyaning Terengganu universiteti prorektori Mohd Zamri Ibrahim:

- Go'zal va jozibador O'zbekistonga ikkinchi marotaba boryapman. Ko'p sayohat qilishim va akademik soha vakili bo'lganim sababli, respublikada turizm va ta'lim sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzataman.

O'zbekistonning tarixiy shaharlari, betakror madaniyati, mehmondo'stligi, albatta sayyohlarni o'ziga chorlaydi. Ikki yil avval Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo'lib, ulardan katta taassurot olganman, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilganman.

Barcha malayziyalik do'stlarimga yurtingizga tashrif buyurishni va o'zbek xalqining boy madaniy merosini o'z ko'zlari bilan ko'rishni tavsiya qilaman.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net