/"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Bruney Dorussalomning Malayziyadagi Oliy komissari (elchi) Mahmud Saidin bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot chog'ida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish, kun tartibini tomonlarni qiziqtirgan yo'nalishlar bo'yicha amaliy tashabbus va loyihalar bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi ko'p tomonlama platformalardagi samarali muloqot e'tirof etilib, o'zaro nomzod va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama munosabatlardagi mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish bo'yicha o'zaro manfaatli va yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.