O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 26-saylov uchastkasida bugun tongda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ovoz berish jarayoni boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

27.10.2024 11:14

O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 26-saylov uchastkasida bugun tongda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ovoz berish jarayoni boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, Kuala-Lumpurdagi saylovlar mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari o'rtasida birinchilardan bo'lib – mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8.00 da (Toshkent vaqti bilan soat 5.00da) davlatimiz madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

Mamlakatimiz hayotida bo'lib o'tayotgan bugungi muhim siyosiy jarayonda Malayziya oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar, axborot texnologiyalari, oliy ta'lim, turizm, neft-gaz va boshqa qator sohalarida faoliyat olib borayotgan vatandosh mutaxassislar hamda ushbu mamlakatda doimiy ravishda istiqomat qilayotgan O'zbekiston fuqarolari ishtirok etmoqda.

Saylovlarda qatnashayotgan fuqarolarimiz Vatandan uzoqda bo'lsalar-da, uning kelajagiga befarq emasliklarini, ular berayotgan har bir ovoz O'zbekistonning gullab-yashnashiga hamda o'zbek xalqining farovonligini ta'minlashga hissa qo'shishini faxr bilan ta'kidlamoqda.

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri va Selangor shtatidagi vatandoshlarimiz saylovda faol ishtirok etmoqda.

Elchixonada tashkil etilgan saylov uchastkasi saylovlarda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar, ularning dasturlari haqida tegishli targ'ibot materiallari bilan jihozlangan.

Saylov qonunchiligiga binoan, Malayziyadagi saylovlar mahalliy vaqt bilan soat 20.00 ga (Toshkent vaqti bilan soat 17.00) qadar davom etadi.  

– Bugun vatandoshlarimiz uchun juda muhim kun. O'zbekiston parlament saylovi bo'lib o'tmoqda, – dedi Osiyo Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti magistranti Umid Shukurov. – Biz O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Malayziyadagi jamoasi erta tongdan ovoz berishga keldik. Elchixona huzuridagi 26-saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

Men yurtimizda bo'layotgan barcha o'zgarishlarni doimo kuzatib boraman va qo'llab-quvvatlayman. Siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari, saylov qonunchiligiga oid normativ hujjatlar bilan tanishib chiqib, bugun o'z tanlovimni amalga oshirdim. 

O'ylaymanki, barcha vatandoshlarimiz O'zbekiston kelajagi uchun ushbu parlament saylovida faol ishtirok etadilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net