O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

07.06.2024 09:20

Anqara shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tantanali ravishda topshirdi.

– Bugun, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir. Ushbu mukofot xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir, – dedi davlatimiz rahbari.

Ta’kidlash joizki, Turkiya Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq mazkur oliy mukofot Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net