TURKSOY: maqom, katta ashula va baxshichilik yo‘nalishida chop etilgan adabiyotlar turk tiliga tarjima qilinadi

18.01.2025 02:45

Madaniyat vazirligi huzuridagi Yunus Rajabiy nomli O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori vazifasini bajaruvchi Eldor Shermanov boshchiligidagi delegatsiya Anqara shahrida bo‘lib turibdi.

Xizmat safari doirasida vakillarimiz Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi o‘rinbosari Sayid Yusuf bilan uchrashdi. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda mamlakatimizning mazkur xalqaro tuzilma faoliyatidagi muhim o‘rni haqida so‘z bordi. Oliygoh bilan hamkorlik masalasi muhokama qilinib, o‘zbek maqomi, katta ashula va baxshichilik yo‘nalishlarida chop etilgan adabiyotlarimizni bosqichma-bosqich turk tiliga tarjima qilishga kelishib olindi. Shuningdek, birgalikda institutda “Cultural Intelligence” – madaniy intellekt ilmiy laboratoriyasini ochish, 10 nafar professor-o‘qituvchilar uchun stajirovkani yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.

– Tashkilotimiz a’zo davlatlar madaniyati, san’ati va turmush-tarzini dunyoga tanitish yo‘lida faoliyat yuritadi, – dedi Sayid Yusuf O‘zA muxbiriga bergan intervyusida. – Bu jarayonda O‘zbekistonning o‘rni beqiyos. Shu nuqtai nazardan mamlakatingiz tarixi va madaniyatini jahonga tanitish asosiy vazifalarimizdan biridir. 

Suhbat davomida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari reytingini tuzuvchi alohida markaz ochish g‘oyasi ham ilgari surildi. Xalqaro forumlar, madaniy tadbirlar jadvalini kengaytirish, san’at yo‘nalishidagi aloqalarni yanada rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net