TURIZM VIZALARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI SODDALASHTIRILDI VA ELEKTRON VIZALARINING AMAL QILISH MUDDATI BELGILANDI

01.06.2019 12:56

2019-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-5731-sonli farmoni chiqarildi va imzolangan vaqtdan kuchga kirdi.

 

 

Farmonga ko‘ra, fuqarolari uchun turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati kengaytirildi (77 taga qadar). Ushbu tartib turizm vizalarini O‘zbekistonning konsullik muassasalarida ikki ish kuni mobaynida (hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari) olish imkoniyatini beradi va TIVga turistik vaucherni yoki O‘zbekistonga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talabni bekor qiladi.

 Shu bilan birga, ushbu davlatlar fuqarolari www.e-visa.gov.uz veb-saytida elektron vizani rasmiylashtirish orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

 Bundan tashqari, Farmonga muvofiq xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududiga elektron viza bilan 90 kunlik amal qilish muddati mobaynida kirgan kundan boshlab 30 kungacha qolishlari mumkin. Ya’ni, xorijiy fuqaroning respublika hududida 30 kunlik bo‘lish muddati O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tish paytidan boshlab hisoblanadi, jumladan, viza amal qilish muddatining 90-kuni respublikaning hududiga kirgan holda ham 30 kun bo‘lishlari mumkin.

 Fuqarolari elektron kirish vizasini olish (e-visa.gov.uz) yoki O‘zbekistonning konsullik muassasalarida soddalashtirilgan tartibda turizm vizalarini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati bilan Tashqi ishlar vazirligi saytining “O‘zbekiston Respublikasi vizasi” bo‘limida tanishish mumkin.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net