TIVDA “ECZACIBAŞI” TURK KOMPANIYASI BILAN INVESTITSION HAMKORLIK IMKONIYATLARI MUHOKAMA QILINDI

01.04.2019 14:38

2019-yilning 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev “Eczacıbaşı” turk kompaniyasi prezidenti Atalay Gyumrah bilan uchrashdi.

 

Suhbat chog‘ida turk kompaniyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish orqali tog‘-kon tarmog‘ida, quyosh energetikasi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Turkiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida, Iqtisodiyot va sanoat vazirligida, Gеоlоgiya vа minеrаl rеsurslаr davlat qo‘mitаsida, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida, Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar o‘tkazish, Samarqand viloyatiga borish rejalashtirilgan.

 

O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 42 ta kompaniyani o‘zida birlashtiruvchi “Eczacıbaşı” gruhi Turkiyadagi yirik sanoat konsernlaridan biri. Umumiy aylanmasi 3,1 mlrd. AQSh dollariga teng va 12,5 mingta xodimga ega.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net