O?ZBEKISTON "GREEN WEEK - 2020" QISHLOQ XO?JALIGI XALQARO YARMARKASIDA QATNASHMOQDA

20.01.2020 14:05

BERLIN,  20-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegasiyasi Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Green week - 2020"  an'anaviy xalqaro qishloq xo‘jaligi yarmarkasida qatnashmoqda, deb xabar beomoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Dunyodagi eng yirik bo‘lgan mazkur agroforumda jahonning 70 dan ortiq mamlakatidan kelgan yetakchi ishlab chiqaruvchilar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi texnikasi sohalarida o‘z mahsulotlari va ilg‘or texnologiyalarni namoyish etmoqda.  Shuningdek, tadbir doirasida simpoziumlar, seminarlar va boshqa anjumanlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, "O‘zbekozikovkatholding" XK, "O‘zekspomarkaz" AK va mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi, qator yirik tashqi savdo kompaniyalari, respublikamizning turli viloyatlari vakillari yagona milliy stendni taqdim etmoqda.

400 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan maydonni egallagan milliy stendimizda  ho‘l meva, sabzavot va poliz mahsulotlari, quritilgan mevalar, sharbatlar, murabbolar, turli yog‘-moy va konserva mahsulotlari keng namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmada, Germaniya Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vaziri Yuliya Klyokner Germaniya tomoni O‘zbekiston delegasiyasining "Green week - 2020"da milliy stend bilan ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

"Yashil haftalik" tadbirlarida O‘zbekiston tomonining ishtiroki qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikka sodiqligini namoyish etmoqda. Buning uchun O‘zbekiston vakillaridan juda minnatdormiz”, - dedi u.

Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar chog‘ida turli sohalardagi hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilinib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa mamlakatlariga eksport qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston delegasiyasi rahbari qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va suvdan unumli foydalanish masalalariga bag‘ishlangan qishloq xo‘jaligi vazirlarining o‘n ikkinchi Berlin konferensiyasida ham ishtirok etdi. 

Anjumanda O‘zbekistonning bugungi iqtisodiy taraqqiyoti, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, agrosanoat majmuasini modernizasiya qilish va texnologik qayta jihozlash borasida qilinayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligi sohasida sarmoyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida ma'lumot taqdim etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net