O?ZBEKISTON DELEGATSIYASI XITOY IMPORT MAHSULOTLAR IKKINCHI XALQARO KO?RGAZMASIDA ISHTIROK ETMOQDA

06.11.2019 10:03

ShANXAY, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. Shanxayda Xitoy import mahsulotlar ikkinchi xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Unda mamlakatimiz delegatsiyasi faxriy mehmon maqomida qatnashmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.

 Xalqaro tadbirning ochilish marosimida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin jahon mamlakatlarini hamkorlikdagi o‘zaro ochiqlikka, innovatsiyalar va birgalikda foydalanishga asoslangan yangi iqtisodiyotni shakllantirishga da’vat etar ekan, Xitoy o‘z eshiklarini yanada keng ochishini, taraqqiyot uchun yanada katta imkoniyatlar yaratishini hamda dunyo iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shishda davom etishini ma’lum qildi.

 Ko‘rgazmada dunyoning 255 mamlakati va 26 xalqaro tashkiloti vakillari qatnashmoqda. Ular qariyb 360 ming kvadrat metr maydonda joylashgan 64 ta milliy pavilonda o‘z mamlakatlari mahsulotlarini namoyish etmoqda. Mazkur xalqaro tadbir doirasida jahonning 4 mingga yaqin kompaniyasi vakolatxonalari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. 

 Tadbir doirasida tashkil etilgan xalqaro iqtisodiy forumning Jahon savdo tashkiloti islohoti va Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim masalalariga bag‘ishlangan sessiyasida mamlakatimiz delegatsiyasi rahbari mazkur xalqaro ko‘rgazma Xitoyning xorijiy mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

 Mamlakatmiz delegatsiyasi rahbari mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganini alohida ta’kidladi.

 Xitoy import mahsulotlar ikkinchi xalqaro ko‘rgazmasi ishida «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi, «Hunarmand», «O‘zeltexsanoat», «O‘zcharmsanoat» va boshqa qator uyushmalar, «O‘zkimyosanoat», «O‘zdonmahsulot» va «O‘zbekneftegaz» hissadorlik jamiyatlari hamda o‘ndan ziyod tarmoq kompaniyalar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari qatnashmoqda.

 Serquyosh O‘zbekiston zaminida yetishtirilgan sarxil va quritilgan meva-sabzavotlar, konservalangan palov, turli xil ichimliklar, go‘sht, qandolatchilik va boshqa rang-barang oziq-ovqat mahsulotlari ushbu xalqaro ko‘rgazmadagi mamlakatimiz paviloni peshtaxtalaridan joy olgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net