MARKAZIY BANK 2019 YIL ICHKI VALYUTA BOZORIDA YALPI TALAB HAJMI 37 FOIZGA O?SGANINI MA’LUM QILDI

09.01.2020 09:24

TOSHKENT, 9 yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Markaziy Banki tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilda ichki valyuta bozorida yalpi talab hajmi 37 foizga o‘sib, 15,5 milliard dollarga yetgan, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

2019 yil ichki valyuta bozori amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi va barcha segmentlarda bozor ishtirokchilari sonining o‘sishi sharoitida shakllandi.

 

Jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,8 milliard dollarini tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 41 foizga oshgan (2018 yil - 2,7 milliard dollar). Ayni paytda jismoniy shaxslar tomonidan 1,8 milliard dollari sotib olinib, mazkur ko‘rsatkich 2018 yilga (975 million dollar) nisbatan 1,9 barobarga o‘sgan.

 

2019 yil Markaziy bankning valyuta intervensiyalari bozor kursini shakllantirishning bir qismi sifatida amalga oshirildi va oltin-valyuta zahiralarining betarafligi tamoyiliga asoslandi.

 

Xabar qilinishicha, 2019 yil davomida Markaziy bank 36,6 trillion so‘mlik pul mablag‘larini sotib olish natijasida qo‘shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish uchun 33,6 trillion so‘m miqdorida valyuta mablag‘larini sotgan.

 

“2019 yil Markaziy bankning valyuta intervensiyalari valyuta kursini bozor sharoitida shakllantirishning bir qismi sifatida amalga oshirildi”, - deyiladi tarqatilgan xabarda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net