ISROILLIK MUTAXASSISLAR BUXORO VILOYATIDA HAVODAN SUV HOSIL QILADIGAN INNOVATSION TEXNOLOGIYANI SINOVDAN O?TKAZADI

10.05.2019 11:51

Havodan suv hosil qiladigan zamonaviy uskuna Isroilning «Watergen» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Kompaniyada turli hajmda suv hosil qiladigan qurilmalar tayyorlanadi. Masalan, GEN-350 rusumli o‘rta hajmdagi generator vositasida bir kunda 900 litr suv olish mumkin. Bu esa maktab, shifoxona, turar-joy binolari va boshqa ko‘plab ob’ektlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilashga xizmat qiladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining talablariga to‘la javob beradigan mazkur uskunalar atmosfera sharoitiga munosib tarzda suv ishlab chiqarishni optimallashtirish imkoniyatiga ega. Havoni bir necha marta tozalaydigan kaskad suvning yuqori sifatini ta’minlaydi, uskunadagi rezervuar va tozalash jihozlari esa suvni doimiy tarzda harakatlantirib turadi hamda uni uzoq vaqt davomida eskirmay turishini ta’minlaydi.

Ushbu innovatsion texnologiyaning Buxoroda sinovini yo‘lga qo‘yishni boshlash tadbirida «Watergen» kompaniyasi vitse-prezidenti M.Rutman qatnashadi. Shuningdek, isroillik mutaxassislar mamlakatimiz Innovatsion rivojlanish vazirligida ham muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

M.Rutman Xolon texnologiyalar instituti (XTI) prezidenti E.Yoqubov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatimizga keladi. Mazkur delegatsiyaning tashrifi chog‘ida XTI hamda Buxoro davlat universiteti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkaziladi.

 

«Dunyo» AA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net