GULISTON SHAHRIDA BO?LIB O?TGAN INVESTFORUMDA 200 MILLION DOLLARDAN ORTIQ MIQDORDAGI SHARTNOMA IMZOLANDI

28.08.2019 14:15

GULISTON, 22 avgust. /“Dunyo” AA/. Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan I Xalqaro investitsiyaviy forumda xorijiy hamkorlar bilan 200 million dollardan ortiq miqdorda memorandumlar imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Forum doirasida 30 ta mamlakatdan kelgan 200 dan ziyod kompaniya vakillari Sirdaryo viloyatining iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mintaqada amalga oshirish uchun taklif etilayotgan istiqbolli loyihalarni muhokama qilish natijasida xorijiy kompaniyalar bilan 30 ga yaqin memorandum imzolandi.

 

Tadbirda ta’kidlanganidek, joriy yil boshidan buyon viloyatga 100 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilingan. Bugungi kunda bu yerda chet ellik sheriklar ishtirokidagi 130 dan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular orasida “PengSheng” (ko‘p profilli korxona, Xitoy), “Indorama” (zamonaviy paxta klasteri, Singapur), “RekaMedFarm” (infuzion eritmalar, Rossiya), “ModernLiftSystem” (lift ishlab chiqarish, Xitoy), “WangDaMetal” (qurilish mollari, Xitoy), “MiliGulistonTextil” (ip-kalava, Buyuk Britaniya), “Mega LUKS” (plastik qoplar, Rossiya), “AW” (santexnika, Xitoy), “CarmentaYanTeks” (to‘qimachilik mahsulotlari, Rossiya) qo‘shma korxonalari, “Baraka teks” (ip-kalava, BAA), “SirdaryaBestFashion” (tayyor tikuvchilik mahsulotlari) xususiy korxonalari va boshqa ishlab chiqarish tuzilmalari bor.

 

Ta’kidlash joizki, viloyatda har yili 200 ming tonna paxta xom-ashyosi, 200 tonna ipak, 70 ming tonna go‘sht, 3 ming tonna baliq, 350 ming tonna sut, 50 ming tona meva, 500 ming tonna sabzavot, 17 ming tonna uzum va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Sirdaryo viloyatining eksport jug‘rofiyasi 40 ga yaqin davlatni qamrab olgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net