FORBES: «O?ZBEKISTON YANA TARIXDAGI O?ZINING MUNOSIB O?RNIGA EGA BO?LMOQDA»

29.07.2019 13:48

AQShning yetakchi iqtisodiy nashri o‘z saytida O‘zbekiston haqida maqola joylashtirdi.

 

 

VAShINGTON, 28 iyul. /”Dunyo” AA/. Amerikaning «Forbes» jurnali saytida «O‘zbekiston delegatsiyasi AQShga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari mamlakat ko‘p yillik yopiqlikdan so‘ng tadbirkorlik uchun ochilganini aytishmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi.

 Unda 2019 yil 16-23 iyul kunlari O‘zbekistonning yuqori darajadagi delegatsiyasi va tadbirkorlik doiralari vakillari AQShda bo‘lgani, Vashington shahrida siyosiy maslahatlashuvlar, so‘ngra Nyu-York shahrida tadbirkorlik yo‘nalishi bilan bog‘liq tadbirlar bo‘lib o‘tgani xabar qilingan.

 Muallif Melik Kaylan Manxettenda (Nyu-York) «O‘zbekiston kapital bozori imkoniyatlari» mavzuida tashkil etilgan investitsiyaviy forumda qatnashib, tadbirda O‘zbekiston tomonidan mamlakatga sarmoyalar kiritish imkoniyatlari haqida puxta va chuqur o‘ylanib tayyorlangan taqdimotlar o‘tkazilganini ta’kidlagan.

 Material muallifi qayd etishicha, Amerikaning yetakchi biznes doiralari vakillari O‘zbekiston delegatsiyasini katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olgan, jiddiy, samarali va amaliy natijalarga erishishga qaratilgan hamkorlikka tayyorligini bildirgan. Melik Kaylan tadbir davomida ikki mamlakat tadbirkorlarining samimiy va ishonchli munosabatlarini sezmaslik va ko‘rmaslikning iloji yo‘q edi, deb yozadi.

 

Maqolada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev - islohotchi, o‘z mamlakati “iqtisodiy taqdiri”ni yaxshilash bo‘yicha aniq va tushunarli strategiyaga ega shaxs ekani alohida ta’kidlangan. O‘zbekiston rahbari qisqa muddatda mamlakat kelajagini yaxshi tomonga o‘zgartirishga erishdi – hibsdagilarni ozodlikka chiqardi, mamlakatda xorijiy OAV faoliyat yuritishiga ruxsat berdi, respublikani tashqi savdo va investitsiyalar uchun ochdi. Mamlakat rahbariyati yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston Prezidenti xorijda ta’lim olgan yosh mutaxassislarni rahbarlik lavozimlariga tayinladi, mamlakatda korrupsiyaga qarshi faol kurash olib bormoqda.

 Muallifning ta’kidlashicha, O‘zbekiston rahbari mamlakatda izchil o‘zgarishlar amalga oshirilishi zarurligini yaxshi biladi. Bu yo‘nalishdagi dastlabki qadamlar qo‘shni davlatlar bilan chegara masalalarini tartibga solish hamda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston bilan o‘zaro manfaatli tijorat shartnomalarini imzolashdan boshlandi.

 

Nashr O‘zbekiston yetakchisi aholi bilan maslahatlashish, uning arzlariga quloq tutish va takliflarini qabul qilish uchun mamlakat bo‘ylab jamoatchilik qabulxonalarini ochgani haqida xabar qilgan. Bundan maqsad aholi bilan barqaror muloqot o‘rnatish, odamlar bilan maslahatlashish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va muammolarni hal etishdan iboratdir.

 

Maqola muallifi o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan suhbatlashar ekan, mamlakat iqtisodiyoti yiliga 5 foizga o‘sayotgani hamda mazkur sur’at jadallashayotganiga ishonch hosil qiladi. Bu jarayonda barqaror taraqqiyot ta’minlanayotgani, turli notinchliklarga yo‘l qo‘yilmayotgani ta’kidlanadi. Barcha sa’y-harakatlar O‘zbekiston aholisi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.

 

Melik Kaylan maqolasiga “qariyb o‘ttiz yildan so‘ng O‘zbekiston yana tarixdagi o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lmoqda”, degan fikr bilan yakun yasagan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net