BUXORO VILOYATIDA IKKI YILDA QIYMATI 25,3 TRILLION SO?MLIK 625 TA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALGA OSHIRILADI

30.03.2019 14:59

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani, uning natijalari har bir sohada sezilib, odamlar ertangi kunga umid bilan qarayotganini ta’kidladi.

- Hamma ishlarimiz, rejalarimiz O‘zbekiston xalqining manfaati uchun. Bu hududlarda, har bir ko‘chada, odamlar hayotida namoyon bo‘lishi uchun quyi darajada sifat, bilim, fidoyilik yuqori bo‘lishi kerak. Qarsaklar, balandparvoz gaplarga chek qo‘yib, har bir xonadon, shaxs bilan manzilli, alohida-alohida ishlash zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatimizning barcha hududlari singari Buxoro viloyatini ham jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va hayotini yaxshilash ishlariga ustuvor e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

– Moddiy ko‘mak, tizim bo‘masa, natija bo‘lmaydi. Shuning uchun har bir qarorni moddiy manbalari bilan qabul qilyapmiz. Buxoroga ham katta tayyorgarlik bilan keldik, – dedi Prezident.  

2019-2020 yillarda viloyatda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy qiymati qariyb 25 trillion 353 milliard so‘m bo‘lgan 625 ta investitsiya loyihalari dasturi ishlab chiqilgani ta’kidlandi. Bu salkam 30 ming doimiy ish o‘rni yaratishni ta’minlaydi.

Yig‘ilishda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.

Uni videoselektor orqali shahar va tumanlar aholisi kuzatib bormoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net