ADHAM IKROMOV: O?ZBEKISTON INVESTITSIYA KIRITISH BO?YICHA DUNYODAGI ENG XAVFSIZ VA ISTIQBOLLI DAVLATLARDAN BIRI

22.08.2019 14:14

GULISTON, 22-avgust. /“Dunyo” AA/. Avval xabar qilinganidek, bugun Guliston shahrida xorijiy ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida I Xalqaro investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA maxsus muxbiri Jahongir Azimov.

 Mamlakatimiz va Sirdaryo viloyati salohiyatining taqdimot tadbirlari chog‘ida 2018-yil O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2017-yilga nisbatan 280 foizga oshgani, shu muddatda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 863 tadan 2 ming 385 taga yetgani ta’kidlandi. Umuman olganda, 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 8 ming 250 dan ortiq shunday korxona faoliyat yuritmoqda.

 Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov ushbu ko‘rsatkichni 10 mingtaga yetkazish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

 “Xalqaro reytinglar O‘zbekistonni dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri ekanligidan dalolat bermoqda. “Solo Travel Safety Report” hamda “Global Law and Order” baholariga ko‘ra, 2018 va 2019-yillar ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston 5-o‘rinda qayd etilgan”, dedi u.

 Tadbir chog‘ida O‘zbekiston sarmoyalar saqlanishini va xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor qaratayotgani qayd etildi. Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa qator idoralar xorijiy sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilishga kafil tashkilotlar hisoblanadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net